«tashqi mexnat migratsiyasi agentligi» tegli maqolalar


Rossiyada O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi (+video)
15 aprel 2024, 20:44

Rossiyada O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi (+video)

Moskvadagi qurilish maydonida sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuvda o‘zbekistonlik 10 nafar, tojikistonlik 13 nafar migrant qo‘lga olindi. Janjal qurilish materiallarining noto‘g‘ri taqsimoti sababli kelib chiqqan. Hech kim og‘ir jarohat olmagan, ularga nisbatan ma’muriy jarima tayinlangan.

O‘zbekistonda mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralar e’lon qilindi
3 aprel 2024, 01:21

O‘zbekistonda mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralar e’lon qilindi

O‘zbekistonda tashqi mehnat bozoriga kirishni osonlashtirish va o‘z vataniga qaytgan migrantlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Bunda mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashe lavozimi joriy qilinadi, 24 soatlik Call-markazlar ochiladi, shuningdek, xarajatlarning bir qismi qoplanadi.

Janubiy Koreyadagi 37,4 mingta ish o‘rni uchun tanlov o‘tkaziladi
3 fevral 2024, 10:50

Janubiy Koreyadagi 37,4 mingta ish o‘rni uchun tanlov o‘tkaziladi

O‘zbekistonliklar uchun Janubiy Koreyadagi ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohasida 37,4 mingta ish o‘rni uchun tanlov o‘tkaziladi. Taklif etilayotgan sohalarda oylik maosh o‘rtacha 2000−2500 ming AQSh dollarini tashkil etishi ma’lum qilindi.

Germaniya, Litva, Lyuksemburg bilan o‘zbekistonliklarni vaqtinchalik ishga joylashtirish bo‘yicha memorandumlar imzolandi
7 iyul 2023, 16:58

Germaniya, Litva, Lyuksemburg bilan o‘zbekistonliklarni vaqtinchalik ishga joylashtirish bo‘yicha memorandumlar imzolandi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Germaniya, Litva va Lyuksemburgning oltita ish beruvchi kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlarni imzoladi. Jumladan, Germaniyada avtomobilsozlik, elektronika, hamshiralik ishi va parvarishi (keksalarga qarash) mutaxassislari vaqtinchalik ish bilan ta’minlanadi.

Migratsiya agentligi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirining migrantlar soni oshgani haqidagi so‘zlarini rad etdi.
29 aprel 2023, 20:55

Migratsiya agentligi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirining migrantlar soni oshgani haqidagi so‘zlarini rad etdi.

Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov so‘nggi yetti yil ichida O‘zbekistondan Rossiyaga ishlash uchun kelgan mehnat muhojirlari soni to‘rt baravar oshganini aytdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bu ma’lumotlarni rad etib, aksincha, ularning soni kamayganiga ishora qildi.

Qozog‘iston va Rossiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar noqulay ob-havo tufayli ogohlantirildi
10 yanvar 2023, 10:31

Qozog‘iston va Rossiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar noqulay ob-havo tufayli ogohlantirildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya va Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni noqulay ob-havo tufayli yo‘llarda kuzatilayotgan noqulayliklardan ogohlantirdi. Ushbu davlatlarda bo‘lib turgan fuqarolardan barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘raldi.

Moskvada yuz bergan yong‘inda 4 nafar o‘zbekistonlik migrantlar halok bo‘ldi
14 noyabr 2021, 14:38

Moskvada yuz bergan yong‘inda 4 nafar o‘zbekistonlik migrantlar halok bo‘ldi

Moskva viloyatining Pribrejnaya ko‘chasida joylashgan quruvchilarning vaqtincha turar joyida yuz bergan yong‘inda 2 kishi jarohatlangan va 4 kishi vafot etgan. Tashqi mehnat migratsiyasining Moskvadagi vakolatxonasi vafot etganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarosi ekanini tasdiqladi.

Yanvar-fevral oylarida O‘zbekistondan 4000ga yaqin fuqaro xorijga ishlash uchun jo‘nab ketdi
3 mart 2021, 10:42

Yanvar-fevral oylarida O‘zbekistondan 4000ga yaqin fuqaro xorijga ishlash uchun jo‘nab ketdi

2020 yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistondan 4000ga yaqin fuqaro ishlash uchun xorijga jo‘nab ketdi. Fuqarolar hozirda belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda turli ob’ektlarda ish boshlaydi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
26 noyabr 2020, 10:32

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Toshkentning ikkita tumanida hokim o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Xo‘jaakbar Fayzullaxo‘jayev va Azizbek Yunusov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Qiyin ahvolga tushgan 17 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan olib kelindi
25 noyabr 2020, 12:52

Qiyin ahvolga tushgan 17 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan olib kelindi

Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan 17 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi. Ular, asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar toifasiga kiradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting